AsosiyJamiyat

SSV Qoraqalpog`istonda yana 5 nafar bemor sog`ayganini ma`lum qildi

Bugun Qoraqalpog`iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 5 nafar koronavirus...

'SSV Qoraqalpog`istonda yana 5 nafar bemor sog`ayganini ma`lum qildi'ning rasmi

Bugun Qoraqalpog`iston Respublikasi yuqumli kasalliklar shifoxonasidan 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi, deb yozmoqda SSV matbuot xizmati.

Sog`ayganlarning barchasi erkak bo`lib, yoshi kattasi 43,  yoshi kichigi esa  35 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Buxoro viloyatidan 2 nafardan, Samarqand viloyatidan 1 nafar bemor sog`aygan.

Qoraqalpog`istonda shu paytga qadar 133 ta holatda kasallik qayd etilgan bo`lsa, ularning 122 nafari sog`aygan edi. Endilikda koronavirus infeksiyasidan forig` bo`lganlar soni 127 nafarga etdi. Hozirda shifokorlarimiz ushbu xududda davolanayotgan 6 nafar bemor hayoti uchun kurashmoqdalar.

Shunday qilib, bugun 34 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 2728 nafarni tashkil etmoqda.  

    Boshqa yangiliklar