AsosiyIqtisodiyot

Sergeli tumanida Qashqadaryo fermerlari mahsulot olib kelib sotadigan savdo joyi ochildi

'Sergeli tumanida Qashqadaryo fermerlari mahsulot olib kelib sotadigan savdo joyi ochildi'ning rasmi

Sergeli tumaniga Qashqadaryo viloyati biriktirilib, viloyat fermerlari o`z mahsulotini olib kelib sotadigan savdo joyi ochildi. Bu haqda Prezident.uz xabar berdi.

Davlatimiz rahbari «Tashabbus» mahallasi hududidagi ana shunday savdo shoxobchasini ko`zdan kechirdi.

➖ Fermerlarning mahsulot olib kelishiga yordam berib, emin-erkin sotishiga sharoit yaratilsa, Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari narxini 15-20 foiz tushirish mumkin. Mahsulotlar arzon va sifatliligi xalqimizga, doimiy mijozlar borligi dehqonlarga ham qulay bo`ladi. Endi boshqa tumanlarga ham muayyan viloyatlarni biriktirib, mahallalarda shunday ixcham, sovutgichli shoxobchalarni tashkil etish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar