1

“Ipoteka-bank” jismoniy shaxslar uchun kredit to`lovlari ta`til muddatini yana ikki oyga uzaytirdi

Iqtisodiyot 01.06.2020, 17:51
“Ipoteka-bank” jismoniy shaxslar uchun kredit to`lovlari ta`til muddatini yana ikki oyga uzaytirdi

“Ipoteka-bank” ATIB 2020 yilning 1 apreliga qadar jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit (overdraft, muammoli kreditlar bundan mustasno) to`lovlari bo`yicha berilgan ta`til muddatini yana ikki oy muddatga uzaytirilishini ma`lum qiladi.

Joriy yilning iyun–iyul oylariga to`g`ri keladigan asosiy qarz to`lovlari to`lov jadvalining oxirgi 2 (ikki) oyiga taqsimlangan holda ko`chiriladi.

Ta`til davrida kredit to`lovlari hamda foizlarini o`z vaqtida so`ndirilmaganligi uchun shartnomada belgilangan penya va jarima to`lovlari hisoblanmaydi.

Ammo bu foiz majburiyatlaridan ozod qilmaydi.  

Kredit to`lovlarini to`lash uchun bankning «Ipoteka mobile» ilovasi hamda boshqa mobil ilovalardan foydalanishingiz mumkin!

Qo`shimcha ma`lumot uchun: 78-150-11-22

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1