Hukumat qaroriga binoan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining bir guruh xodimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi. Bu haqda O`z A xabar berdi.
Jumladan, Djaxangir Abdusalamovich Turgunov Investisiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari kotibiyatining mudiri lavozimidan, Baxodir Davronovich Alixanov hamda Faxriddin Faziljanovich Kaimbaev mazkur kotibiyat mudirining o`rinbosari lavozimlaridan bo`shatildi.
Shoxrux Yakubaevich Sulaymanov esa Vazirlar Mahkamasi Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining Tashqi aloqalarni rivojlantirish, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan «yo`l xaritalari»ni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, shartnomalarni ekspertizadan o`tkazish bo`limi mudiri lavozimidan ozod qilindi.






