Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “Yaponiya raqamli universiteti”ni tashkil etish to`g`risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi.
Hujjatga muvofiq, mazkur oliy ta`lim muassasasiga talabalikka qabul qilish va bitiruvchilarining attestasiyasi ushbu universitet tomonidan O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan kelishilgan holda belgilanadigan talablar, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi
“Ikki tomonlama diplom” (double degree) dasturlari asosida o`qishlarini muvaffaqiyatli tamomlagan Universitet bitiruvchilariga O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Kompyuter lingvistikasi” yo`nalishida davlat namunasidagi diplomi hamda Yaponiya va O`zbekiston Respublikasida tan olinadigan Yaponiyaning Otemae universiteti, Tokio onlayn universiteti va boshqa universitetlaridan birining tegishli yo`nalishlari bo`yicha belgilangan namunadagi diplomlari beriladi.
Toshkent shahridagi “Yaponiya raqamli universiteti”da 2020/2021 o`quv yilidan boshlab ta`lim jarayoni boshlanadi hamda muhandis-dasturchi va biznes boshqaruvi bakalavriat ta`lim yo`nalishlarid mutaxassislar tayyorlash yo`lga qo`yiladi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/18357 havolasi orqali mazkur qaror loyihasi bilan atroflicha tanishish hamda muhokamada ishtirok etish mumkin.






