Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Inomjon MAJIDOV ma`lumot berdi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar karantin, sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etilgan holda:
– test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihon o`tkaziladigan ta`lim yo`nalishlari uchun 11 iyuldan 20 iyulgacha;
– alohida iqtidor talab etiladigan ta`lim yo`nalishlari uchun 25 iyuldan 10 avgustgacha o`tkaziladi.
– karantin cheklovlari davom etgan taqdirda kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o`tkazish muddatlariga o`zgartirish kiritilishi mumkin.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari soddalashtirilgan tarzda tuziladi. Bunda:
– bir abiturientga imtihonda bir soatdan ortiq vaqt sarflamaslik;
– abiturientning oliy ta`lim muassasasiga bir marta kelib ketishini ta`minlash inobatga olinadi.