1

“O`zbekneftgaz” motor moylari va antifriz ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi

Iqtisodiyot 04.06.2020, 16:56
“O`zbekneftgaz” motor moylari va antifriz ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi

“O`zbekneftegaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning tashabbusi va topshirig`iga binoan, Avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyalari tarmog`i “UNG Petro korxonasi yuqori sifatli motor moylarini, antifriz va avtomobillar uchun boshqa kerak bo`luvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo`lga qo`ydi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

“O`zbekneftgaz” AJga qarashli ushbu korxona faoliyatini yanada rivojlantirish va iste`molchilarga xizmat qilish turini kengaytirish maqsadida yuqori sifatli motor moylari, antifriz va boshqa shu kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo`lga qo`yildi.

Korxona rahbari Mirzohid Musaevning ma`lum qilishicha, xorijdan import qilingan, xususan Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlardan import qilingan prisadkalarni qo`shish orqali evropa standartlariga javob beruvchi motor moylari tayyorlanmoqda.

“UNG Petro” korxonasi shuningdek, antifriz mahsulotini ham sotuvga chiqarmoqda.

Ushbu mahsulotlar asosan Avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyalari tarmog`ida va ular hududida joylashgan motor moylarini almashtirish shoxobchalari orqali joriy yilning 9 iyun sanasidan boshlab sotuvga chiqariladi.

 


 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1