AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar yana 30 nafarga ko`paydi

'O`zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlar yana 30 nafarga ko`paydi'ning rasmi

2020 yil 4 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3939  nafarni tashkil etmoqda, deya xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Bugun soat 17:00 da bemorlar soni 3909 nafar edi, yaqin soatlarda ular 30 nafarga oshgan. 

"Yangi kasallanish holatlarining 28 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 1 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 1 nafari esa Toshknt viloyatida Rossiyadan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida aniqlandi" deyiladi xabarda.

Ayni paytda yurtimizda 3087 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog`aygan.  836 nafari davolanishda qolmoqda. 

Vafot etganlar 16 nafarga etgan. 

    Boshqa yangiliklar