"O`zbekneftgaz" barcha AYoQShlariga mahalliy "Evro – 4" va "Evro – 5" dizel yoqilg`isini sotuvga chiqardi

Iqtisodiyot 05.06.2020, 17:44
"O`zbekneftgaz" barcha AYoQShlariga mahalliy "Evro – 4" va "Evro – 5" dizel yoqilg`isini sotuvga chiqardi

"O`zbekneftgaz": “UNG Petro” korxonasining barcha avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyalari orqali mahalliy "Evro – 4" va "Evro – 5" dizel yoqilg`isi sotuvga chiqarildi.  Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"O`zbekneftegaz" AJ tomonidan O`zbekiston tarixida ilk marta "Evro – 4" va "Evro – 5" yuqori sifatli dizel yoqilg`isi ishlab chiqarishni yo`lga qo`yganligi haqida xabar berilgan edi.

"Evro – 4" va "Evro – 5" yoqilg`isi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, emirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar miqdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga egadir.

Ushbu markadagi dizel yoqilg`isi bugundan e`tiboran, "O`zbekneftgaz" AJga qarashli "UNG Petro" korxonasining Avtomobillarga yoqilg`i quyish stansiyalari orqali ham sotuvga ham chiqarildi.

Korxona chakana savdo orqali kunlik 60 tonna miqdoridagi "Evro – 4" va "Evro – 5" yoqilg`isini sotishni rejalashtirgan.

Eslatib o`tamizki, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bosqichma-bosqich modernizasiya qilinishi natijasida va Fransiyaning "Axens" kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida tegishli reaktorga yangi katalitik tizim o`rnatilgan va 2020 yilning 30 mart kunidan “Evro – 4” va “Evro – 5” sinfidagi ekologik toza dizel yoqilg`isini ishlab chiqarish yo`lga qo`yilgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1