Haydovchi avtomobilda bir o`zi bo`lsa, tibbiy niqob taqishi shart emas - IIBB

Jamiyat 07.06.2020, 00:45
Haydovchi avtomobilda bir o`zi bo`lsa, tibbiy niqob taqishi shart emas - IIBB

Avvalroq Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i Aziz Toshpulatov avtomobil harakatlanayotganida salonida haydovchi agar yolg`iz bo`lgan taqdirda, niqob taqmaganligi uchun javobgarlikka tortilmasligini bildirgan edi. 

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ushbu xabarni tasdiqlagan holda shartlarini ham ma`lum qildi. 

"Haqiqatdan ham shaxsiy avtomobil haydovchisi mashinada yolg`iz o`zi bo`lsa, tibbiy niqobsiz bo`lishi mumkin (taksi haydovchilariga taalluqli emas), ammo shu bilan birga quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: birinchidan, haydovchi avtomobil salonida yolg`iz bo`lishi kerak; ikkinchidan, haydovchi faqat avtomobil harakatlanish vaqtida niqobsiz bo`lishi mumkin. Ya`ni agar haydovchi yo`l chetida to`xtasa, tibbiy niqobni taqib olishi kerak" deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1