1

Tog` va tog` oldi hududlariga horidiqqa chiqib ketayotgan haydovchilar ogohlantirilmoqda

Jamiyat 07.06.2020, 11:16
Tog` va tog` oldi hududlariga horidiqqa chiqib ketayotgan haydovchilar ogohlantirilmoqda

Hozirgi kunda havo haroratining keskin isib borayotgani aksariyat odamlarni tog`li hududlarga, soya-salqin joylarga chorlaydi. Demak, bu vaziyatda tog` va tog` oldi hududlarda transportlar oqimi sezilarli darajada ko`payadi.

Shuni inobatga olgan holda, Toshkent viloyati IIBB YHXB dam olish uchun otlangan hamyurtlarimizga murojaat qiladi.

Hurmatli haydovchilar!

yo`lga chiqishdan oldin transport vositangizning texnik holatini bir karra ko`zdan kechirib olishni unutmang;

transport boshqarish uchun zarur bo`lgan hujjatlarni mavjudligiga ishonch hosil qiling;

eng muhimi viloyat hududidagi avtomobil yo`llari zamonaviy tezlik o`lchash moslamalari bilan nazorat qilinishini yodda tuting va belgilangan tezlik talablariga qat`iy amal qiling;

Bu o`zingiz va o`zgalar hayotini asrashda juda ham muhimdir.

Eslatib o`tamiz, Respublika maxsus komissiyasining kuni kecha e`lon qilingan axborotida ta`kidlanishicha 2020 yil 5 iyundan boshlab «sariq» va «yashil» hududlarda quyidagilarga ruxsat berilgan:

  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pancionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);
  • uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro`yxatdan o`tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko`rsatish uchun);
  • mehmonxonalar, sanatoriylar, pancionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga;

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1