AsosiyJamiyat

O`zbekistonda karantin qachon tugashi ma`lum qilindi

O`zbekistonda koronavirus kasalligi bo`yicha barqarorlikka erishilsa, karantin choralari b...

'O`zbekistonda karantin qachon tugashi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirus kasalligi bo`yicha barqarorlikka erishilsa, karantin choralari bekor qilinishi mumkin. Bu haqda bugun Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov ma`lum qilgan.

«Agarda kasallik bo`yicha barqarorlikka erishilsa, karantin tadbirlari bekor qilinadi, kasallik o`sish sur`ati jadallashsa, karantin tadbirlari ham kuchaytiriladi», degan u.

Shuningdek, ta`kidlanishicha, Transport vazirligi bilan hamkorlikda xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyat hisobga olinib «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda bosqichma-bosqich aviaqatnovlarni tiklash o`rganib chiqilib, takliflar tayyorlanmoqda.  

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi yakuniy xulosasi to`g`risida axborot beriladi.

    Boshqa yangiliklar