2020 yil 8 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4352 (+21) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan fuqarolarda, 5 nafari Navoiy viloyatida aholi orasida, qolgan 6 nafari Toshkent viloyatida (shundan 3 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, yana 3 nafari esa aholi orasida) aniqlangan.
❗️Ayni paytda yurtimizda 3354 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.
‼️Hozirda mamlakatimizda 981 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 6 nafari og`ir, 1 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






