AsosiyJamiyat

Ertaga – 9 iyundan "yashil" hududlardagi masjidlar ochiladi

Shu yil 6 iyun holatiga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman v...

'Ertaga – 9 iyundan "yashil" hududlardagi masjidlar ochiladi'ning rasmi

Shu yil 6 iyun holatiga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tuman va shaharlar epidemiologik toifalarining yangilangan ro`yxati e`lon qilindi.

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri, Andijon viloyati Andijon shahri, Baliqchi va Izboskan tumanlari, Buxoro viloyati Buxoro shahar va Qorako`l tumani, Namangan viloyati Norin tumani, Samarqand viloyati Ishtixon tumani, Toshkent viloyati Bo`ka tumaniga “yashil” hudud toifasi berilgan.

O`zbekiston musulmonlari idorasining karantin davrida masjidlar faoliyatini tashkil etish yuzasidan bayonotiga muvofiq, shu yil 9 iyundan boshlab, ushbu "yashil" hududlarda joylashgan masjidlar namozxonlar uchun ochiladi.

Aksincha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Namangan viloyati Yangiqo`rg`on, Kosonsoy, Pop tumanlari, Sirdaryo viloyati Xovos tumani, Xorazm viloyati Urganch shahri “qizil” toifa va Buxoro viloyati Kogon tumani, Toshkent viloyati Bo`stonlik tumani, Surxondaryo viloyati Termiz shahriga “sariq” toifa berilishi sababli ushbu hududlardagi masjidlar faoliyati vaqtincha to`xtatiladi.

Ayni kunlarda xalqimiz sinovli kunlarni boshidan kechiryapti. Barcha birgalikda koronavirus kasalligining keng tarqalishi oldini olishga jiddu jahd qilishi lozim, deyiladi O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabarida.

“Qizil” yoki “sariq” xududlardan “yashil” xududlar qatoriga o`tish va masjidlar o`z faoliyatini qayta boshlashida – har bir inson hissa qo`shishi kerak, karantin mezonlariga amal qilish ayni matlub va shariatda buyurilgan ishdir.

    Boshqa yangiliklar