Ozarbayjon chempionati doirasida o`tkazilgan “Inter” va “Karabax” futbol jamoalari o`rtasidagi bahsda futbolchi qasddan penaltini urmadi. Bu haqda “Korrespondent.net”xabar bermoqda.
O`yin hisobi 0:1 bo`lib turganida, hakam darvozabon Lomayning o`yin qoidasini qo`pol ravishda buzganligi sabab uni maydondan chetlatdi va mezbonlar darvozasiga penalti belgiladi. Bu vaqtda “Inter” murabbiyi uch o`yinchisini almashtirib ulgurgandi. Natijada darvozaga maydondagi “Inter” o`yinchilaridan biri turishiga to`g`ri keldi.
Voqealar rivojini kuzatib turgan “Karabax” futbolchilari bu adolatsizlikdan norozi bo`ldi, to`p oldiga kelgan Elvin Mamedov qasddan penaltini noto`g`ri amalga oshirdi.
“Bizga bunday g`alaba kerak emas”, — degan voqeaga izoh berar ekan “Karabax” murabbiyi Gurban Gurbanov.
“Inter” futbol jamoasi murabbiyi Roman Grigorchuk Gurbanovning bu qarorini ma`qullagan va hamkasbiga nisbatan hurmati cheksizligini aytib o`tgan.
05.10.2015 10:53





