AsosiyIqtisodiyot

Botir Xo`jaev Rosgeo Uzbekistan rahbari etib tayinlandi

Sobiq iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo`jaev «Rosgeologiya»ning O`zbekistondagi Rosgeo...

'Botir Xo`jaev Rosgeo Uzbekistan rahbari etib tayinlandi'ning rasmi

Sobiq iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo`jaev «Rosgeologiya»ning O`zbekistondagi Rosgeo Uzbekistan shirkatiga rahbar bo`ldi. Bu haqda «Rosgeologiya» xabarida aytilgan, deya yozdi "kun.uz".

«Rosgeologiya» bir qator loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikning boshqa yo`nalishlarini rivojlantirish uchun O`zbekistonda Rosgeo Uzbekistan kompaniyasini tashkil qildi.

«Yangi kompaniyaga Botir Xo`jaev rahbarlik qiladi, u 2020 yil fevraligacha iqtisodiyot va sanoat vaziri bo`lib ishlagan», - deyiladi «Rosgeologiya» matbuot xizmati xabarida.

Rossiya kompaniyasi Orol dengizi akvatoriyasi va unga tutash hududning uglevodorod salohiyatini baholash bo`yicha birinchi tijorat shartnomasini imzoladi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni O`zbekiston bosh vazirining sanoatni va kooperasiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo`yicha maslahatchisi Botir Xo`jaev lavozimidan ozod etilgandi.

Botir Xo`jaev 1956 yilda tug`ilgan, 1979 yilda Toshkent temir yo`l muhandislari institutini tamomlagan.

1992−1996 yillarda - Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining birinchi o`rinbosari va Toshkent shahar hokimining o`rinbosari bo`lib ishlagan, 1996−1997 yillarda - Davlat mulki qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari, 1997−1998 yillarda - Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari, 1998−2002 yillarda - Soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari va raisi, 2002−2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida faoliyat ko`rsatgan.

U 2005−2006 yillarda - Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo`yicha davlat maslahatchisi bo`lgan, 2006−2009 yillarda - Iqtisodiyot vaziri, 2009−2011 yillarda — bosh vazir o`rinbosari - Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi raisi, 2011−2016 yillarda - Iqtisodiyot vazirining birinchi o`rinbosari sifatida ishlagan.

2016 yildan Moliya vaziri lavozimida ishlagan Botir Xo`jaev 2017 yilda Iqtisodiyot vaziri lavozimiga o`tkazilgan, 2019 yil yanvarida prezident farmoni bilan bu vazirlik qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga aylangan, Xo`jaev vazirlik rahbari sifatida lavozimini saqlab qolgandi. 2020 yilning fevralida esa u Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimidan ozod etildi va bosh vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.

    Boshqa yangiliklar