AsosiyJamiyat

Andijon viloyatining ko`ngilli tadbirkorlari va startapchilarini qo`llab-quvvatlovchi “Unicorns” loyihasi ishga tushmoqda

'Andijon viloyatining ko`ngilli tadbirkorlari va startapchilarini qo`llab-quvvatlovchi “Unicorns” loyihasi ishga tushmoqda'ning rasmi

“Yoshlar – kelajagimiz” jamg`armasi O`zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo`llab-quvvatlash markazi bilan hamkorlikda yangi biznes va startaplarni qo`llab-quvvatlovchi “Unicorns” nomli loyihani ishga tushirmoqda. Loyiha Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2020 yil may oyida Andijon viloyatiga tashrifi davomida kiritilgan taklif asosida tashkil etilmoqda.  Mazkur loyiha orqali istiqbolli yosh startapchilarni qo`llab-quvvatlash ko`zda tutilgan.

Loyihaning asosiy maqsadi O`zbekistondagi tadbirkorlik va startaplarni rivojlantirish, hamda yurtimizdagi ilk yakkashoh-startaplarni, ya`ni, 5 yil ichida $1 mlrd yoki undan ziyod foyda keltira oladigan startaplarni yaratishdir.

Uning dastlabki bosqichini amalga oshirish uchun 2 milliard so`m miqdorida mablag` ajratilgan. Loyihaga joriy yilning 10 iyun kuni start beriladi. Asosiy ishchi hudud sifatida esa Andijon viloyati tanlangan. “Unicorns” loyihasida 35 yoshgacha bo`lgan Andijon viloyatining barcha ko`ngilli tadbirkorlari va startapchilari qatnashishlari mumkin.

Loyiha haqida batafsil ma`lumot olish uchun, tashkilotchilar bilan quyidagi elektron pochta manzili yoki +998909783692 telefon raqami orqali bog`lanishingizni so`raymiz: 

contact@unicorns.uz

Loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari

https://t.me/unicorns_uz

https://instagram.com/unicorns_uz

https://facebook.com/unicorns_uz

Loyihada ishtirokchi sifatida https://unicorns.uz veb sayti orqali ro`yxatdan o`tishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar