AsosiySport

UEFA matbuot vakili: «Platini ayb ish qilgani yo`q, u o`zini oqlashi shart emas»

UEFAning aloqalar bo`yicha departamenti boshlig`i Pedro Pinto tashkilot prezidenti Mishel Platini, FIFA prezidenti Yozef Blatterdan olingan deb gumon qilinayotgan 2 million shveysariya franki miqdordagi to`lov borasida hech qanday tushuntirish bermasligini aytdi.

«Platini hech qanday yomon ish qilmaganini va u o`zini oqlashga majbur emasligini ma`lum qiladi.

U bu borada aytilgan fikrlarga qo`shimcha qilmoqchi emas», – dedi Pinto.

Qayd etish kerakki, Platini FIFA prezidentligi uchun 2016 yilning 26 fevralida o`tkaziladigan saylovda asosiy nomzod hisoblanadi.

Avvalroq, FIFAning axloq bo`yicha Qo`mitasi tashkilot raisi Yozef Blatterni 90 kunga ishdan chetlatgan, shuningdek Platinini ham chetlatishni tavsiya qilgandi.

    Boshqa yangiliklar