SSV xabar berishicha bugun mamlakatimizda jami 103 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan karantin muassasalarida – 64 nafar, aholi orasidan (Toshkent viloyatida – 11, Toshkent shahrida –7 , Sirdaryo viloyatida – 3, Samarqand va Buxoro viloyatlarida –2, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida – 1 nafardan) jami 27 nafar va 12 nafar xorijdan mamlakatimiz xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar orasidan aniqlandi.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 73 nafar fuqaro sog`aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 4623 nafar bemordan 3532 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda yurtimizning to`qqiz xududidagi tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1072 nafar bemordan 8 nafari og`ir, 1 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.
Shu kungacha jami 454 119 nafar fuqaro karantinga olingan bo`lib, ularning 407 350 nafari karantindan chiqarilgan.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 23 157 nafar, stasionar karantinda esa 23 612 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.






