Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi daromadini yashirganlikda ayblanib, qamoqqa olinishi va qamalishi mumkin.
El Mundo Deportivo nashrining xabariga ko`ra, prokuraturaga futbolchining otasi soliqlardan qochib, har xil "o`yinlar" qilganini ma`lum bo`lmoqda.
Davlat prokurori Messining otasi 18 yilga, Leoning o`zi esa, ishtirokchi sifatida 22.5 oyga qamalishini so`ramoqda.
Lionel Messi va uning otasiga nisbatan soliq to`lamaslik bo`yicha ish 2013 yilda ochilgan. Tergov futbolchi Ispaniya g`aznasiga 4 mln evrodan ko`proq soliq to`lamaganini aniqlagan. Lionel bu mablag`lardan foydalanish yoki ularni taqsimlash borasida qarorlarni qabul qilishda ishtirok etmagani uchun undan barcha ayblovlar olindi. Avvalroq futbolchi umrida biror soniya vaqtini ham shartnomalarni yoki moliyaviy hujjatlarni o`qishga ajratmaganini aytgan.
Lionel tergov bilan hamkorlik qilib, 10 mln evrodan ko`proq soliq to`lab berdi. Lionel barcha ayblovlar batamom olinishi uchun yana 15 mln evro to`lab berishga tayyor edi, biroq mahalliy hokimiyatning rad javobini oldi.





