Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) turkumiga kiruvchi “Tashkent Challenger – 2015” an`anaviy xalqaro turnirida Denis Istomin va Farrux Do`stov chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritdi, deya xabar beradi O`zA.
Ikkinchi davrada Denis Istomin germaniyalik Maksimilian Martererni 3:6, 6:3, 7:6 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Farrux Do`stov rossiyalik Konstantin Kravchuk ustidan 6:3, 7:5 hisobida g`alaba qozondi. Musobaqaning chorak finalida Denis Istomin rossiyalik Evgeniy Donskoy bilan, Farrux Do`stov slovakiyalik Lukas Lasko bilan kuch sinashadi.
Juftliklar o`rtasidagi chorak final bahslarida Denis Istomin va belaruslik Aleksandr Buriy isroillik Vladimir Ignatik va Xitoy taypeyilik Ti Chenni 6:1, 6:2 hisobida engdi. Endi yarim finalda D.Istomin va A.Buriy germaniyalik Andre Begeman va Yangi zelandiyalik Artyom Sitakka qarshi kortga tushadi.