Moliya vazirligi axborot xizmati O`zbekiston Respublikasining Davlat qarzi holati va dinamikasini taqdim qildi.
2020 yil 1 aprel holatiga, O`zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig`i dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 18,2 mlrd. AQSh dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 31,3 foizni tashkil etdi.
Xususan, I chorakda davlat tashqi qarzi 0,5 mlrd. AQSh dollariga yoki yil boshiga nisbatan 2,9 foizga oshib, joriy yilning 1 aprel holatiga 16,11 mlrd. AQSh dollariga yoki YaIMga nisbatan 27,7 foizga etdi.
Shundan:
- Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 10,9 mlrd. AQSh dollari;
- Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,2 mlrd. AQSh dollari.
Davlat ichki qarzi 20,01 trln. so`mni (2,1 mlrd. AQSh dollari) yoki YaIMga nisbatan 3,6 foizni tashkil etdi.
Shundan:
- Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 1,7 trln. so`m (0,2 mlrd. AQSh dollari);
- Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 18,3 trln. so`m (1,9 mlrd. AQSh dollari).






