AsosiyJamiyat

Ayni paytda tibbiyot muassasalaridagi 1225 bemordan 16 nafarining ahvoli og`ir

'Ayni paytda tibbiyot muassasalaridagi 1225 bemordan 16 nafarining ahvoli og`ir'ning rasmi

Bugun mamlakatimizda 183 holatda kasallik qayd etilgan. Shundan 144 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar, 29 nafari aholi orasida (shundan 25 nafari Toshkent shahrida, 3 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida), qolgan 10 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun 76 nafar fuqaro sog`aydi. Shundan 33 nafari Navoiy viloyatidagi, 24 nafari Toshkent shahridagi, 17 nafari Samarqand viloyatidagi, 2 nafari esa Andijon viloyatidagi tibbiyot muassasalarida shifo topishdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 5263 nafar bemordan 4019 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 76 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1225 nafar bemordan 14 nafari og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 27 379 nafar, stasionar karantinda esa 20 963 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.

    Boshqa yangiliklar