1

“Oskar” taqdimoti kechiktirildi

Madaniyat 16.06.2020, 13:41
“Oskar” taqdimoti kechiktirildi

Amerika kinoakademiyasi “Oskar” mukofotini topshirish uchun tashkil etiladigan 94-marosim ikki oyga kechiktirilganini ma`lum qildi.  

Ya`ni navbatdagi taqdimot avval rejalashtirilganidek, 2021 yil 28 fevralda emas, balki 25 aprelda bo`lib o`tadi. Sananing ortga surilishi kinoijodkorlarning o`z filmlarini vaqtida yakunlab, taqdim etish istagi bilan bog`liq. Aytish joizki, COVID-19 bir qancha loyihalarning tasvirga olish jadvaliga salbiy ta`sir ko`rsatgandi.

Akademiya, shuningdek, mukofotga da`vogarlik qilish uchun film chiqishi kerak bo`lgan muddatni ham uzaytirdi. Endi ushbu “oyna” 2020 yil 1 yanvardan 2021 yil 28 fevralgacha davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1