Akasining mashinasini yuvib tozalagan Mehroj ismli yigitcha uni haydab, bir ko`cha skelib qoldi. Unga 9 yashar ukasi ham ergashdi. Ikkalasi til biriktirib, hech kimga aytmasdan Spark avtomobilini haydab ketishdi.
Qaytishda esa uylari joylashgan ko`chaga burilishda "haydovchi"ning tajribasizligi pand berdi. U mo`ljalni to`g`ri ola olmay, mashina bilan yo`l yoqasidagi kanalga tushib ketdi. Shovqin-suronni eshitib, o`z uylaridan chiqqan odamlar 9 yashar bolani qutqarayotgan akani ko`rishdi. Bolakayning yuragi sust urayotgandi. U ko`p suv yutgan va hushidan ketgan edi...
Yaxshiyamki unga ko`rsatilgan birinchi yordam va tezda shifoxonaga olib borib, tibbiy muolaja ko`rsatilishi natijasida bola omon qoldi. Bu haqda Milisiya.uzb kanali lavha tayyorladi. Video:






