1

Bugun Senatning 5-yalpi majlisida nima masalalar ko`rib chiqiladi?

Siyosat 19.06.2020, 08:13
Bugun Senatning 5-yalpi majlisida nima masalalar ko`rib chiqiladi?

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisi bugun, 19 iyun kuni soat 10.00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o`z ishini boshlaydi.

Yalpi majlis videokonferentsaloqa shaklida o`tkaziladi.

Yalpi majlis Senatning www.senat.uz rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali yoritib boriladi. Yalpi majlis ishida 16 ta masala, shu jumladan, 9 ta Qonun muhokama qilinadi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati `abar berdi. 

“Innovasion faoliyat to`g`risida”gi, “Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida”gi, “Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to`g`risida”gi, “Geodeziya va kartografiya faoliyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari ko`rib chiqiladi.

Bundan tashqari, “Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta`minlashga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

“2007 yil 27 iyundagi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlar o`rtasida hamkorlikdagi harbiy o`quvlarni o`tkazish to`g`risidagi Bitimga qo`shimchalar kiritish haqidagi Bayonnomani (Bishkek, 2019 yil 29aprel) ratifikasiya qilish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Bo`g`uvchi, zaharli yoki boshqa shu kabi gazlar va bakteriologik vositalarning urushda qo`llanilishini taqiqlash to`g`risidagi Protokolga (Jeneva, 1925 yil 17 iyun) qo`shilishi haqida”gi qonunlari ham ko`rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Adliya vazirining O`zbekiston Respublikasida 2019 yilda huquqiy targ`ibot va ma`rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti, qolaversa, Samarqand viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti eshitilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, shuningdek, chiqindilar bilan bog`liq masalalarda vujudga kelgan muammolar va ularning aholi salomatligiga ta`siri yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so`rovlari yuborish masalasi ko`rib chiqiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1