«Qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, Toshkent shahar IIBB YHXB tashabbusi bilan poytaxt hokimiyati bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriy ko`chasidan Kichik xalqa avtomobil yo`liga o`tish yo`lini ochish bo`yicha ishlar olib borildi», – deyiladi boshqarma xabarida.
Bundan oldin, 10 iyun kuni shahar hokimligi Abdulla Qodiriy ko`chasidan Mahtumquli ko`chasiga («eski TashMI» oldiga) olib chiquvchi qo`shimcha yo`l ta`mirlash ishlari olib borilishi sababli 13 iyungacha yopilishini ma`lum qilgan edi.
10 iyunda yo`lning shu qismi ta`mirlash maqsadida 3 kunga yopilgan edi.







