AsosiyJamiyat

O`rta-Chirchiqdagi karantin markazida o`zini osib o`ldirgan fuqaroning o`limi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

'O`rta-Chirchiqdagi karantin markazida o`zini osib o`ldirgan fuqaroning o`limi yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Avvalroq Yuqorichirchiq tumanidagi “O`rtasaroy” karantin markazida 42 yoshli fuqaro o`z joniga qasd qilganligi haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan joriy yilning 21 iyun kuni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan xabar o`rganildi.

Aniqlanishicha, Farg`ona viloyatida yashagan fuqaro S.S. 20.06.2020 yilda “O`rtasaroy” karantin markazida o`zi yotgan xonaga o`rnatilgan kondisionerning tashqi tomondagi parragiga choyshab bilan noma`lum sabablarga ko`ra o`zini osganligi oqibatida vafot etgan.

Ish hujjatlariga ko`ra, S.S. 15.06.2020 yil kuni O`zbekiston havo yo`llari tomonidan tashkil qilingan charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yo`nalishida O`zbekiston Respublikasiga kelgan va “Covid-19” koronavirusiga chalingan yoki chalinmaganligini aniqlash maqsadida Yuqorichirchiq tumanidagi “O`rtasaroy” karantin markaziga joylashtirilgan va undan koronavirusga surtma olingan.

Mazkur holat yuzasidan tushuntirish bergan A.E. joriy yilning 15 iyun kuni charter reys orqali “Moskva-Toshkent” yo`nalishida O`zbekistonga kelganligi va “O`rtasaroy” karantin markaziga olib kelinganligini, shu kunning o`zida 1 ta xonaga to`rt kishi bo`lib kirishganligini, ularning biri ya`ni S.S. o`zini yomon tutib kasallikka chalinganligini aytib ular bilan turishni xohlamaganligini, yarim soatlarcha xonaning hovlisida o`tirganligini, shundan so`ng shifokorlar kelib u bilan suhbatlashib, uni alohida xonaga joylashtirganligini bayon qilgan.

Shuningdek, “O`rtasaroy” karantin markaziga xizmatga kelgan, Toshkent shahar Olmazor tuman ko`p tarmoqli markaziy poliklinika shifokori Sh.M. ning holat yuzasidan bergan tushuntirishida fuqaro S.S. karantin hududiga joylashtirilgan kundan boshlab o`zini agressiv tuta boshlaganligini, ovqat eyishni xohlamaganligini, virusga chalinganligini aytib u bilan birga joylashtirilgan shaxslarga kasalligini yuqtirishi mumkinligini va ular bilan birga turishni xohlamagan holda boshqa konteynerga joylashtirishlarini talab qilganligini, shundan so`ng blokda tinchlik saqlash maqsadida S.S. boshqa xonaga  o`tkazilganligini, 16 iyun S.S. psixiatr ko`rigidan o`tganligini bayon qilgan.   

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Virusologiya markazi tomonidan taqdim qilingan yo`llanma natijasiga ko`ra S.S.da “Covid-19” koronavirusi aniqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar