AsosiyJamiyat

Noshirlik faoliyati uchun endi lisenziya talab etilmaydi

'Noshirlik faoliyati uchun endi lisenziya talab etilmaydi'ning rasmi

2020 yil 16 martda “Noshirlik va matbaa sohasini yanada rivojlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qaroriga asosan noshirlik faoliyati uchun lisenziya bekor qilingan edi.

Bugun Vazirlar Mahkamasi tomonidan Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Unga ko`ra, joriy yil 1 iyuldan boshlab noshirlik faoliyati uchun lisenziya, matbaa faoliyati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

 Endilikda tadbirkor noshirlik yoki matbaa faoliyatini boshlaganidan keyin 10 kun ichida Davlat xizmatlari markazlari (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligiga xabarnoma yuborishi kifoya.

Xabarnoma yuborilganidan keyin 1 ish kunida tasdiqnoma elektron ko`rinishda xabardor qiluvchiga etkaziladi.

Shu bilan birga, noshirlik va matbaa sohasida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish talab etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar