AsosiyJAMIYAT

Kuzatuv kameralariga tushib qolgan Buxorodagi ayanchli avariya. YHXBB munosabat bildirdi (video)

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida sodir bo`lgan  ayanchli av...

'Kuzatuv kameralariga tushib qolgan Buxorodagi  ayanchli avariya. YHXBB munosabat bildirdi (video)'ning rasmi

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida sodir bo`lgan  ayanchli avariyaning videosi tarqalgan edi. 

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi. 

17 iyun kuni soat 15:45 larda, Buxoro viloyati, Qorako`l tumanida joylashgan Dehqon bozori oldida haydovchi J.R. “Lasetti” rusumli transport vositasini Qorako`l tumani, Ulug`bek ko`chasidan o`tgan 4R-75 avtomobil yo`li bo`ylab "Regihaydar-Paxtakor" yo`nalishida boshqarayotib, shu yo`lning 80,5 km.ga etganida ehtiyotsizligi tufayli qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib haydovchi M.N. boshqaruvida bo`lgan "Damas" rusumli transport vositasi bilan to`qnashgan.

To`qnashuv natijasida “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Qorako`l tumani IIO FMB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan yo`llarda harakatlanganda yo`l harakati qoidalariga rioya etishlarini, o`zi va o`zgalar hayotini xavf ostiga qo`ymasliklarini so`rab qolamiz" deyiladi xabarda

 

    Boshqa yangiliklar