1

Madaniyat xodimlarining yangi maoshlari e`lon qilindi

Iqtisodiyot 24.06.2020, 16:53
Madaniyat xodimlarining yangi maoshlari e`lon qilindi

Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat madaniyat muassasalari xodimlari lavozim maoshlarining yangi miqdorlari tasdiqlandi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati.

Eslatib o`tamiz, 2018 yil 1 iyundan davlat madaniyat muassasalari ma`muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, artist, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat haqi miqdorlari o`rtacha 45%ga oshirildi. O`sha paytda mehnatga haq to`lash guruhlarini inobatga olgan holda xodimlarning malaka toifalari va lavozimlari bo`yicha bazaviy lavozim maoshlari tasdiqlandi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 1,07 baravarga yoki 7%ga oshirildi. Tegishincha, quyidagilarning maoshlari xuddi shu tarzda indeksasiya qilindi:

teatrlar va sirklarning ma`muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari;

teatrlar artist xodimlari;

konsert tashkilotlari va saroylari (teatr-konsert saroyi) ma`muriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlar;

konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist xodimlari;

hayvonot bog`i xodimlari;

davlat muzeylari, muzey-qo`riqxonalari, uy-muzeylari va boshqa muzey turidagi tashkilotlardagi ma`muriy-boshqaruv xodimlari, shuningdek ijodiy xodimlari va mutaxassislari;

madaniy-ma`rifiy muassasalarning ma`muriy boshqaruv, ijodiy va boshqa xodimlari xodimlari;

madaniyat markazlari xodimlari.

Ayrim muassasalar va xodimlar toifasi kesimidagi oshiruvchi koeffisientlar o`zgarishsiz qoldirildi. Ish beruvchilar-byudjet muassasalariga yangi raqamlarni hisobga olib o`z xodimlarining ish haqlarini qayta hisoblab to`lash topshirildi.  

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1