COVID-19 dan tuzalgan har uch bemorning bittasi uzoq vaqt davomida o`pkalar va miya kasalligidan, shuningdek surunkali toliqish hamda psixologik muammolardan azob chekishi mumkin, deyiladi Britaniyalik olimlar olib borgan tadqiqot natijalarida.
Britaniyaning Milliy sog`liqni saqlash xizmati ekspertlarining aytishicha,koronavirusga chalingan bemorlarning organizmlariga ushbu kasallikdan tuzalganlaridan keyin ham doimiy ravishda zarar etadi.
Milliy sog`liqni saqlash xizmatining “Daily Telegraph”da chop etilgan maqolasida quyidagilar aytib o`tilgan.
“Agar COVID-19 SARC va MERS kabi o`ziga o`xshagan kasalliklar bilan bir xil bo`lib chiqsa,unga chalingan bemorlarning 30 foizida o`pkaning zararlanishi yoki unda doimiy dog`lar qolishi kuzatiladi. Shuningdek, koronavirus bilan kasallangan bemorlarning 25 foizi miyaga shikast etishidan ham aziyat chekadi. Bunda,xotiraning yo`qolishi va doimiy charchoq yuzaga kelish xavfi ancha yuqori bo`ladi.”
Milliy sog`liqni saqlash xizmatining direktori doktor Hilari Floyd koronavirusning uzoq muddatli zararlari haqida hali unchalik ko`p ma`lumot yo`qligidan xavotirga tushganini va bu kasallikning yoshlarda keyinchalik ham davom etuvchi asoratlaridan hayratda qolganini aytdi.
“Ayni paytda bizning shifoxonamizda 40 yoshdagi ikki bemor davolanmoqda.Ular o`z bizneslari bilan shug`ullanayotgan, sport zallariga boradigan harakatchan odamlar bo`lishgan.H ozir esa ular krovatdan ham tura olishmaydi. Biz bunday bo`lishini kutmagandik”, deydi Floyd. Uning ta`kidlashicha, koronavirusdan tuzalgan ba`zi odamlar keyinchalik doimiy ravishda jismoniy va ruhiy zo`riqishdan aziyat chekadi.






