"Texnopolis Moskva" AIZ (alohida iqtisodiy zona) rezident-kompaniyasi O`zbekistondagi birinchi o`pkani sun`iy shamollatish apparatini ishlab chiqardi. Bu haqda yuz.uz yozmoqda.
Bu haqda “Moskva” shahar axborot agentligiga texnopolisning matbuot xizmati xabar berdi.
O`zbekistonda birinchi o`pkani sun`iy shamollatish apparati joriy yilning iyun oyida ishlab chiqarilgandi. Ushbu yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunani "Texnopolis Moskva" alohida iqtisodiy zona rezident-kompaniyasi va "Chirana Asia" brendi ostida Toshkent shahri «Yashnobod» innovasion texnoparki tarkibiga kiruvchi “Xirana+” tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
— O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi va Tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi ko`magida va hamkorligida O`SSh va anesteziya apparatlarini ishlab chiqarish bo`yicha keng ko`lamli majmua qurilishini tezlashtirishga harakat qildik. 2020 yil avgust oyida O`zbekiston Respublikasining birinchi shaxslari ishtirokida zavodni ochish va oldiga butun Markaziy Osiyo mintaqasida strategik ahamiyatga ega bo`lish maqsadi qo`yilgan ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish, shuningdek, sun`iy ventilyasiya va anestezik nafas olish qurilmalaridan foydalanish bo`yicha xizmat ko`rsatish va o`quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Kompaniya ushbu noyob ishlab chiqarishga 8 million AQSh dollaridan ko`proq investisiya kiritadi va 100 ga yaqin ish o`rinlarini yaratadi", — deydi "Xirana +" kompaniyasi bosh direktori Vasiliy Shimko.
Yil oxiriga kelib, zavodda 100 ga yaqin O`SSh apparatini ishlab chiqariladi. Kelgusida ishlab chiqarish hajmi yiliga 500 ta O`SSh va 500 ta anesteziya apparatlari darajasiga ko`tariladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar Tojikiston, Turkmaniston, Qirg`iziston va Afg`onistonda sotiladi.