AsosiyJamiyat

Yangi o`quv yilidan 9 va 11-sinf bitiruvchilari ta`limni kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda davom ettirishlari mumkin

'Yangi o`quv yilidan 9 va 11-sinf bitiruvchilari ta`limni kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarda davom ettirishlari mumkin'ning rasmi

2020-2021 yangi o`quv yilidan boshlab respublikamiz bo`yicha 65 ta akademik liseylar, 339 ta kasb-hunar maktablar, 211 ta kollej hamda 176 ta texnikumlarda qabul jarayonlari tashkil etiladi. Bu haqda Xalq ta`lim vazirligi xabar bermoqda. 

Akademik lisey va kasb-hunar maktablariga umumiy o`rta ta`lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilinib, 2 yillik kunduzgi ta`lim shakli asosida o`qitiladi.

Kollejlarga umumiy o`rta ta`lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. O`qish 2 yilgacha bo`lgan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta`lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Texnikumlarga umumiy o`rta ta`lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari qabul qilinadi. O`qish 2 yildan kam bo`lmagan muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta`lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Professional ta`lim muassasalari va akademik liseylarda ta`lim rus va o`zbek tillarida olib boriladi.

Yaqin kunlarda e`tiboringizga ushbu ta`lim muassasalarining hududlar bo`yicha tahlili hamda aloqa uchun raqamlarini havola qilamiz.

    Boshqa yangiliklar