1

Toshkentda IIB va Milliy gvardiya xodimlari ikki kishini nega kuch ishlatib olib ketishdi? (Video)

Jamiyat 25.06.2020, 13:08
Teglar: Video
Toshkentda IIB va Milliy gvardiya xodimlari ikki kishini nega kuch ishlatib olib ketishdi? (Video)

Ijtimoiy tarmoqlarda "SKVER" oldida IIB va Milliy gvardiya xodimlari ikki kishini quvlab, ushlab, mashinaga kuch ishlatib "tiqib" olib ketishgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur fakt yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma`lum qildi:

22 iyun kuni taxminan soat 23.00 da Toshkent shahar IIBB xodimlari, aniqrog`i Yunusobod tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo`limi PPX brigadasi 3-bataloni 5-otryad haydovchisi safdor M. Raxmatov va Milliy gvardiya xizmatchisi Yunusobod tumani Amir Temur xiyoboni hududini patrullash davomida ayol kishining qichqirig`ini eshitib qolishdi. Xodimlar shu zahoti to`xtab, eshitilgan ovoz tomonga bordilar. Xodimlar xiyobonda bir necha kishi janjallashayotganlarini ko`rdilar. Xodimlarni ko`rganlardan ikki nafari qochishga urindi, ammo qo`lga olindilar.

Hodisaning barcha ishtirokchilarini Yunusobod tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo`limiga olib borishdi. U erda 20 yoshli R.S. qichqirib yordamga chaqirgani aniqlandi. Qizning gaplariga qaraganda, u tanishlari 19 yoshli L.A. va 21 yoshli B.A.lar bilan xiyobonga sayr qilish uchun kelgan. Sayr davomida qiz va uning tanishlari orasida janjal chiqqan, shu bois qiz qichqirgan. R.S.ga kelishmovchilik davomida shikast etmagan, u hech kimga e`tirozi yo`qligini va tanishlari bilan yarashish niyatidaligini bildirdi.  

Hodisaning har bir ishtirokchisi bilan profilaktik suhbat o`tkazildi. Suhbat davomida yoshlarga karantin, Koronavirusga qarshi kurash respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan cheklov va qoidalar jslatildi. 

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari, jurnalist va blogerlar! Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi “Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi Qonunining 16 bandiga binoan, ichki ishlar organlari xodimi fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish bo`yicha o`z vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni ko`rishi, jamoat joylarida, shu jumladan ko`chalarda, maydonlarda, istirohat bog`larida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni o`tkazish chog`ida fuqarolarning xavfsizligini ta`minlashi shart.

Suratga olingan va internetda joylangan videoda qo`lga olish jarayonida ichki ishlar organlari xodimlari o`z xizmat vazifalarini ado etishayotgan va fuqaroning yordam haqidagi chaqirig`i bo`yicha chora ko`rishayotgan edilar. 

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1