Bugun, 25 may kuni soat 14:07da Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Guliston shahar “Na`muna” mahallasi Sayxun ko`chasi 17-uyda joylashgan "Ideal Study" nodavlat ta`lim muassasasida yong`in kelib chiqqani to`g`risida xabar kelib tushdi, deya xabar qilmoqda FVV.
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong`in-qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida binoda qolib ketgan 111 nafar o`quvchi hamda o`qituvchilar xavfsiz hududga evakuasiya qilindi. Shuningdek, qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari tufayli binoning 1600 m.kv. maydoni yong`indan asrab qolindi.






