Poytaxtimizdagi Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi shifokori A.U. shu yilning 14 iyun kunidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi karantin markazidagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko`rsatish maqsadida faoliyat ko`rsata boshlagan.
Shu yilning 23 iyun kuni ahvoli og`irlashib, dastlab Zangiota tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, so`ng esa Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o`tkir miokard infarkti tashxisi bilan yotqizilgan.
26 iyunda esa yurak, nafas va o`pka etishmovchiligi kuzatilib, ahvoli og`irlashganligi uchun reanimasiya bo`limiga olingan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislari tomonidan bir necha bor konsiliumlar o`tkazilib, nazoratga olingan.
Biroq kardiolog, pulmonolog, terapevt, virusolog, reanimatologlarning standartlar asosida o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan bemor miokard infarkti, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.
Sog`liqni saqlash vazirligi marhum shifokorning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.