AsosiyJamiyat

Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi (video)

'Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi (video)'ning rasmi

Samarqand viloyatida 2020 yil 27 iyun kuni ikki boshli chaqaloq dunyoga keldi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ushbu chaqaloq aks etgan qisqa video tarqaldi

 

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarga ko`ra, bugun ushbu go`dak haqida Sevimli telekanalining "Zamon" dasturi orqali batafsil lavha beriladi.

Siam egizaklarining disefal turiga mansub bo`lgan qizlar viloyat perinatal markazida 27 iyun kuni kesarcha kesish usuli bilan dunyoga keltirilgan. Ularning tanasi bitta, bir juftdan qo`l va oyog`i bor, yuragi o`pkasi, oshqozoni va bachadoni ikkitadan, deya yozmoqda Daryo.

29 iyun kuni chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markaziga o`tkazilgan.

Chaqaloqda nafas va yurak etishmovchiligi bor. Bola doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olmoqda. Chaqaloqning ahvoli og`ir.

Ma`lum qilinishicha, Homiladorlikning 21-haftasida qilingan skriningda homilaning nuqsoni borligidan ota-onasi xabar topgan.

    Boshqa yangiliklar