AsosiyJinoyat

Toshkentda Suriyaga jihodga ketishni rejalashtirgan 11 kishi qo`lga olindi

'Toshkentda Suriyaga jihodga ketishni rejalashtirgan 11 kishi qo`lga olindi'ning rasmi

Bugun, 30 iyun kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar DXXB, IIBB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida yashirin faoliyat olib borgan “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkilotining bir guruh tarafdorlari qo`lga olindi.  

Xususan, IIV huzuridagi Tergov Departamenti yurituvida bo`lgan jinoyat ishi doirasida Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlari hududidagi 8 ta manzillarda tintuv tadbirlari o`tkazilib, 11 nafar shaxslar ichki ishlar idoralariga keltirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar qildi.

Mavjud ma`lumotlarga ko`ra, mazkur shaxslar hozirda Suriyada faoliyat olib borayotgan «TJK» jangarilarining g`oyaviy ta`siriga tushgan holda Toshkent shahrida yashirin guruh tuzib, noqonuniy yig`ilishlar davomida internet tarmog`i orqali ko`chirib olingan ekstremistik mazmundagi materiallarni muhokama qilgan. Ular «hijrat» va «jihod» amallarini bajarish maqsadida Suriya davlatiga chiqib ketishni rejalashtirgan.

Ushlangan shaxslarning yashash manzillaridan jinoyatga aloqador bo`lgan ashyoviy dalillar topilib, qonuniy tartibda rasmiylashtirib olingan. Tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar