Bugun, 2 iyul kuni soat 9:16 da Uchtepa tumani, “Ko`kcha darvoza” MFY hududida joylashgan “Olmos jo`ja” MChJ ga qarashli oshxonada yong`in kelib chiqdi.
Yong`in natijasida oshxonaning ichki va tom qismi 30 kv.m maydonda yongan. Yong`in-qutqaruv jangovar bo`linmalari manzilga soat 9:21 da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 9:36 da bartaraf etilgan. Yong`in joyiga 4 ta yong`in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.
Yong`in sabablari va yong`indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






