1

Kunlik rekord yangilandi! Aholi orasidan aniqlangan kasallar soni ham eng yuqori ko`rsatkichni qayd etdi

Jamiyat 03.07.2020, 00:00
Kunlik rekord yangilandi! Aholi orasidan aniqlangan kasallar soni ham eng yuqori ko`rsatkichni qayd etdi

Shu yilning 2 iyul kuni  mamlakatimizda 297 holatda kasallik qayd etilgan, deya kunlik statistikani e`lon qildi SSV. 

Shundan 183 nafari Karantin muassasalarida, 113 nafari aholi orasida (shundan 67 nafari Toshkent shahrida, 27 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 2 nafardan Sirdaryo viloyatida), 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Avval xabar qilganimizdek, bugun yurtimiz tibbiyot muassasalarida 187 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 130 nafar, Qashqadaryo viloyatida 45 nafar, Navoiy viloyatida 12 nafar) sog`aydi.

 Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9078 nafar bemordan 6034 nafari sog`ayib, davolanish ko`rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3017 nafar bemordan 16 nafari og`ir, 8 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 39 076 nafar, stasionar karantinda esa 24 722 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo`lib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1