1

O`zbekistonda Isuzu D-Max pikaplari negizida tez yordam mashinalari ishlab chiqariladi

Iqtisodiyot 03.07.2020, 20:30
O`zbekistonda Isuzu D-Max pikaplari negizida tez yordam mashinalari ishlab chiqariladi

O`zbekistonda ishlab chiqariladigan Isuzu D-Max pikaplari negizida tez tibbiy yordam mashinalari tayyorlanadi. Bu haqda «O`zavtosanoat» kompaniyasi ma`lum qildi.

Xabar berilishicha, SamAvto zavodida ishlab chiqarilayotgan mashinalar qatori Isuzu D-Max negizidagi yangi tez tibbiy yordam avtomobil modeli bilan to`ldirildi.

Kompaniyaning ta`kidlashicha, ushbu avtomobil mazkur muhim faoliyat uchun ayni muddao hisoblanadi, mashina o`z xususiyatlari hamda ishonchliligi va tejamkorligi bilan ajralib turadi.

Ushbu avtomobil tibbiyotning aynan zarur bo`lgan yo`nalishiga qarab, talab va ko`rsatmalarga muvofiq qo`shimcha uskunalar bilan jihozlanishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1