1

Qilingan muolajalarga qaramay, Samarqand tug`ilgan ikki boshli chaqaloq vafot etdi

Jamiyat 06.07.2020, 14:52
Qilingan muolajalarga qaramay, Samarqand tug`ilgan ikki boshli chaqaloq  vafot etdi

Joriy yilning 29 iyunida Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar bergan edik. 

Shu yilning 25 iyunida fuqaro M.Ch. homilaning 38 xaftaligi bilan viloyat Perinatal markaziga murojaat qilgan hamda 27 iyun, shanba kuni undan siam egizaklari dunyoga kelgan. Chaqaloqlarda nafas va yurak etishmovchiligi borligi, ularga doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olishi hamda tajribali mutaxassislar nazoratida bo`lishi zarurligi sababli egizaklar joriy yilning 29 iyun kuni Samarqand viloyati bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markaziga o`tkazilgan edi.

Bugun, 06 iyun kuni viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlar tomonidan o`tkazilgan tezkor reanimasion muolajalarga qaramasdan, chaqaloqlarda ko`p sonli tug`ma rivojlanish nuqsonlar borligi sababli dastlab soat 7:50 da siam egizaklarining birinchisi, 10:50 da esa ikkinchisi nafas va yurak etishmovchiligi tufayli vafot etdi, deb xabar berdi Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1