1

Chillaki tarvuzlar Rossiyaga eksport qilinmoqda

Iqtisodiyot 07.07.2020, 17:49
Chillaki tarvuzlar Rossiyaga eksport qilinmoqda

Qashqadaryoda sariq mag`iz tarvuz etishtirilayotgani haqidagi gaplar qulog`imizga chalingandi. 

Ma`lum bo`lishicha, Gollandiya navi bo`lgan bu sariq tarvuzlar joriy mavsumda “Sunny Land Export” mas`uliyati cheklangan jamiyati tomonidan etishtirilgan. Ayni paytda hosili pishib etilgan. Dastlab uzilgan tarvuzlar Rossiyaga eksport qilingan. Hafta so`ngida esa mahalliy bozorlarga chiqarilishi ham mo`ljallangan. Tadbirkor sariq tarvuzning kilosini 3,5-4,5 ming so`mdan sotmoqchi.  Bu haqda O`zbekiston eksportchilari uyushmasi hududiy bo`limlar kordinatori Dilshod Mengliev xabar berdi.

Gollandiya navi bo`lgan bu sariq tarvuzlar nafaqat ko`rinishi balki mazzasi bilan ham oddiy tarvuzdan farq qiladi. Shirasi kamroq va sitrus mevalar oilasiga o`xshash. Ta`mi a`nanasga yaqin.

Riga va Rossiyalik importchilar talabiga muvofiq ekib etishtirilgan ushbu poliz ekinlari, oddiysiga qaraganda tezpishar. Dehqonlar odatiy tarvuzlarning hosilini 90 kun kutishsa, bu nav 65 kunda tayyor bo`ladi. Bundan tashqari alohida o`g`itlar bilan ozuqalantirishni talab qiladi va oddiysiga nisbatan kam sug`oriladi. Mazkur chillaki S1 sariq tarvuzlar kiloggrami xorijga 55 sentdan eksport qilindi. Keyingi partiya Riga uchun hozirlanmoqda. Shu hafta so`ngiga qadar bunday noodatiy tarvuzlar mahalliy bozorlarimizga kiloggrami o`rtacha 3,5-4,5 ming so`mdan chiqarilishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1