Ayni paytda O`zbekistonning yana 5 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Jamiyat 08.07.2020, 00:30
Ayni paytda O`zbekistonning yana 5 ta hududida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020 yil 7 iyul soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10670 (+83) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi. 

 Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Toshkent viloyatida (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 nafari aholi orasida), 18 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 nafari aholi orasida), 15 nafari Buxoro viloyatida, yana 15 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 12 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 59 nafar, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, jami 121 nafar bemor tuzaldi.  

Shunday qilib yurtimizda 6811 (+121) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog`aygan.

 Hozirda mamlakatimizda 3819 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1