Elmira Bositxonova: "Vaziyat jiddiy. 328 nafar bola koronavirus bilan kasallandi"

Jamiyat 08.07.2020, 15:11
Elmira Bositxonova: "Vaziyat jiddiy. 328 nafar bola koronavirus bilan kasallandi"

Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Bositxonova AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida qiziq faktlarni keltirib o`tdi:

⚡️«Biz karantin davrida, ya`ni besh oy davomida 3 mingdan ortiq homilador ayollarni karantinga oldik. Ularning 208 nafarida koronavirus aniqlandi. Ushbu infeksiyaning homilador ayol va uning homilasiga qanday ta`sir ko`rsatishini ortiqcha ta`riflashga hojat yo`q.

Bugungi kungacha 45 mingdan ortiq bolalarimiz karantinda bo`ldi. 328 nafar bola esa afsuski, koronavirus bilan kasallandi. Mana vaziyat qanday jiddiy». 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1