1

Hozir ko`pchilik o`zida virus bor-yo`qligidan shubhalanyapti, nima qilish kerak?

Jamiyat 10.07.2020, 14:50
Hozir ko`pchilik o`zida virus bor-yo`qligidan shubhalanyapti, nima qilish kerak?

Mamlakatimiz aholisi orasida koronavirus tarqalishi ko`paydi. Shu sababli ham bugundan karantin choralari kuchaytirildi. Hozirda ko`pchilik o`zida infeksiya bor-yo`qligidan shubhalanmoqda va tekshirilishni xohlaydi.

Hozir tug`ruq muddati etgan homiladorlar koronavirusga tekshiruvsiz tug`ruqxonaga qabul qilinmaydi, boshqa odatiy kasallik bilan davolanish uchun ham, albatta, tekshiruvdan o`tishingiz shart.

Xo`p, bu yaxshi chora. Lekin koronavirusga qaerda tekshirish mumkin, degan savolga Toshkent shahrida to`rtta xususiy klinika manzili berildi. Bu klinikalarda har bir test uchun 220 mingdan 350 ming so`mgacha haq to`lanishi kerak. Testlar soni ko`p bo`lgani sababli javob 3 kundan 5 kungacha kechikmoqda. Hamma ham bu mablag`ni to`lay oladimi va eng muhimi, shuncha muddat kuta oladimi?..

Tez tibbiy yordam orqali shifoxonaga yotqizilgan bemorlarga zudlik bilan ko`mak ko`rsatilishida ham shu laborator tekshiruv sabab muammolar tug`ilmoqda.

Bu tekshiruv tibbiy tilda polimeraz zanjirli reaksiya (PZR) deb aytiladi. Zamonaviy uskunada rasmiy ma`lumotga ko`ra, tekshiruv 5-6 soatda bajarilishi kerak.

Toshkent shahrining o`zida bunday tekshiruvni amalga oshiruvchi laboratoriyalar soni kam bo`lgani sababli bemorlar 5-7 kunlab tekshiruv javobini kutmoqdalar. Hatto bugungi kunda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanayotgan ba`zi shifoxonalarda ham ushbu tekshiruv o`tkazilmagani uchun tibbiy xodimlar ham, bemorlar ham aziyat chekmoqdalar.

MUAMMONI QANDAY EChISh MUMKIN?

Mening fikrimcha, epidemiologik vaziyatga asosli oydinlik kiritish, aholi orasidagi sarosimaning oldini olish, turli sabablarga ko`ra virus tekshiruvidan o`tishi lozim bo`lganlarga qulaylik yaratish uchun barcha shifoxonalar va markaziy poliklinikalarda koronavirus testini o`tkazuvchi laboratoriyalar tashkil qilinishi shart.

PZR o`tkaziluvchi tibbiy jihoz raqamli dastur asosida ishlagani sababli undan foydalanish qulay va katta bilim talab qilmaydi. Laboratoriya uchun ikkita kichik xona, uskunalar jamlanmasi (to`liq laboratoriya asboblari reagentlari bilan narxi 50 ming AQSh dollari atrofida) va qisqa muddatli qayta tayyorgarlikdan o`tgan vrach-laborant yoki tajribali feldsher- laborant zarur bo`ladi.

Pandemiyani engish uchun davlat tomonidan juda katta mablag`lar sarflanmoqda, ammo etarli darajada laboratoriya tashkil qilmasak, ishlarimiz besamar ketadi. Hozir aholining qanchasida virus bor, qanchasi tuzalganini faqat taxmin qila olamiz.

Virusdan qutilganimizdan keyin ham bu laboratoriyalar orqali barcha turdagi infeksiyalarni – SPIDdan tortib, silgacha aniqlash mumkin bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1