1

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar ro`yxatdan o`tgan joylaridan emas, balki yashash joyiga qarab yuborilishi mumkinmi?

Savol-javob 10.07.2020, 22:53
Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar ro`yxatdan o`tgan joylaridan emas, balki yashash joyiga qarab yuborilishi mumkinmi?

Karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kelib tushayotgan savol va murojaatlarlarga  Mudofaa vazirligi Axborot xizmati javob berdi:

Savol: Muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar ro`yxatdan o`tgan joylaridan emas, balki yashash joyiga qarab yuborilishi mumkinmi? Misol uchun, meni iyul oyining o`rtalarida muddatli harbiy xizmatga chaqirishgan. O`zim Toshkentda yashayman va ishlayman, lekin ro`yxat bo`yicha Qarshi shahridanman. Karantin davrida bu juda qulay bo`lgan bo`lardi. Shu bilan birga, virusni yuqtirib olish xavfi ham kamayardi?

Javob: "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida" O`zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida “O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e`lon qilinganidan keyin chaqiriluvchilar, shu jumladan, vaqtincha ro`yxatda turgan, chaqiriluvchilar chaqiruv qog`ozida ko`rsatilgan muddatda chaqiruv punktida hozir bo`lishi shart. Muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o`tamagan va harbiy ro`yxatda turmagan chaqirilish yoshidagi fuqarolar, shuningdek doimiy turar joyidan vaqtincha boshqa joyga jo`nab ketgan va o`sha erda harbiy ro`yxatda turmagan chaqiriluvchilar turar joylaridagi mudofaa ishlari organlarida hozir bo`lishi shart”, — deya belgilab qo`yilgan. Shunga muvofiq, chaqiruv yoshidagi fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilish uchun doimiy yoki vaqtinchalik ro`yxatda bo`lishlari lozim.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1