1

20 kun davom etadigan karantin davrida muhtoj oilalarga yordam ko`rsatish uchun 20 mlrd so`m ajratildi

Jamiyat 11.07.2020, 15:02
20 kun davom etadigan karantin davrida muhtoj oilalarga yordam ko`rsatish uchun 20 mlrd so`m ajratildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko`ra, davlat tomonidan hozirgi kunda 20 kunlik karantin davrida moddiy jihatdan og`ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj 120 mingga yaqin oilalarni davlat tomonidan oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini etkazib berish orqali qo`llab-quvvatlash rejalashtirilmoqda.

Mazkur oilalar ro`yxatini ishlab chiqishda quyidagi oilalarga birinchi navbatda e`tibor qaratiladi:

  • ta`minot manbai bo`lmagan yolg`iz keksalar, nogironligi bo`lgan, boquvchisidan ajralgan, og`ir kasallari bor, ko`p bolali oilalar;
  • ijtimoiy nafaqasi real ehtiyojlarni qoplamaydigan va undan boshqa daromad manbai bo`lmagan oilalar;
  • ota-onasining ikkisini ham yo`qotgan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlar shug`ullanayotgan oilalar;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo`lgan oilalar;
  • 14 yoshgacha bo`lgan ikki va undan ortiq bolalarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan beva ayollar (beva erlar);
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo`lgan va ish izlovchi sifatida bandlikka ko`maklashish markazlarida hisobda turgan oilalar;
  • mehnatga layoqatli a`zolari bo`lgan, biroq ular hech qaerda ishlamaydigan yoki pandemiya tufayli daromadidan vaqtincha mahrum bo`lgan (mavsumiy ishchi, usta, mardikor, sartarosh, chet elda ishini yo`qotib qaytganlar, taksi haydovchisi, kafe, restoran ishchisi va h.k) va zarur yordamga muhtoj oilalar.

Moddiy ko`mak yuklarini manzilli taqsimlash hamda etkazib berish maqsadida mahalliy hokimlarning ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosarlari boshchiligida Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar agentligining vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi, shuningdek, homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining faoliyati yo`lga qo`yildi.

Homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlariga murojaatlarni qabul qilishni tashkil etish maqsadida qisqa raqamli telefon tarmog`i (call-center) ishga tushiriladi.

Shuningdek, volontyorlarga yordam ko`rsatish va qo`llab-quvvatlash bo`yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi. 

Endilikda moddiy ko`mak yuklarini o`z manziliga etkazib berishda asosiy yordamchi bo`lgan volontyorlar mahalliy hokimliklar tomonidan zarur himoya vositalari – tibbiy kombinezon, tibbiy niqob, qo`lqop, dezinfeksiya vositalari, shuningdek, uzluksiz harakatlanish uchun avtotransport vositalari (Damas, Labo, Gazel va b.q.) bilan ta`minlanadi.

Yuqorida ko`rsatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, moddiy jihatdan og`ir ahvolga tushib qolayotgan eng muhtoj oilalarga oziq-ovqat, dori-darmon vositalari va birinchi ehtiyoj mahsulotlarini sotib olish hamda homiylik, xayriyalarni muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari orqali etkazib berish uchun davlat tomonidan 20 mlrd so`m miqdorida mablag` ajratildi.

Kelgusida davlat tomonidan karantin davrida aholining muhtoj qatlamlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida zaruratga qarab yana qo`shimcha mablag`lar ham ajratiladi.

Yirik tadbirkorlik sub`ektlariga karantin cheklovlari amal qilgan davrda tegishli ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va savdo ob`ektlarida sanitariya-gigiena va epidemiologik talablarga rioya etilishi uchun mas`ul bo`lgan xodim belgilash tavsiya etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1