1

Nurmat Otabekov immunitetni ko`tarib, virusdan saqlanishning arzon xalqona usullarini tavsiya qildi

Salomatlik 12.07.2020, 18:16
Nurmat Otabekov immunitetni ko`tarib, virusdan saqlanishning arzon xalqona usullarini tavsiya qildi

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Otabekov Kun.uz muxbiri Ilyos Safarov bilan intervyuda muhim tavsiyalar berdi:

Kasallikdan himoyalanish uchun sanitar-gigienik qoidalarga amal qilishdan tashqari (bularni odamlar yodlab ham olishdi), yana qanday choralar ko`rish lozim? Iste`mol qilinishi kerak bo`lgan mahsulotlar, ovqatlanish qoidalari, kerakli dori va boshqa vositalarni nazarda tutyapman.

Albatta, dori-darmon haqida gap ketganda fuqaro kasallik yuqtiradigan bo`lsa, o`z hududidagi shifokordan maslahat olishi kerak. O`sha shifokor biladi bemordagi haqiqiy holatni. Har bir shaxs alohida individ.

Lekin biz aniq bilamiz, aytganingizdek, ehtiyot choralari haqida shunchalik ko`p gapirdikki, uni odamlar yodlab oldi. Endilikda biz immunitetni ko`taradigan, inson immun tizimini barqaror ushlaydigan vositalar haqida ko`proq ma`lumot berishimiz kerak.

Biz bu borada tajribamizdan aniq bilamizki, inson o`z imunitetini mustahkamlashi uchun to`yib uxlashi, yaxshi dam olish, xotirani jamlashi, ortiqcha asabiylashmaslik, to`yib ovqat eyishi (me`yorni buzmagan holda) va jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishi hamda zararli odatlardan (ichkilik, chekish va h.k.) voz kechish kerak.

 Yana bir kerakli maslahat: O`zbekistondagi har bir maysa bu giyoh. Buni hech qachon inkor qilish kerak emas. O`zbekiston sharoitidagi damlamalar, yani u peshob haydaydiganidan tortib o`t suyuqligini haydaydigan, oshqozon ichak tizimini yaxshilovchi, ovqat-hazm qilish jarayoniga ijobiy ta`sir qiladigan, qo`yingki, har bir kasallikda davo hisoblanadi.

Giyohlardan tayyorlangan damlamalarni, turli mevalarni ko`proq iste`mol qilish. Bularning barchasi bizning immun tizimimizga ijobiy ta`sir qiladi. Bir narsani e`tibordan chetda qoldirish kerak emas, bizda turli giyohlardan tayyorlangan va juda arzon narxda sotiladigan damlama va dori vositalari ko`p.

Ahamiyat beradigan bo`lsak, o`simliklardan tayyorlangan vositalar bizning amaliyotimizda keskin kamayib ketgan. Biz asosan kimyoviy yo`l bilan olingan dorilarni qabul qilyapmiz. Bu juda zararli. Borib-borib qaysidir organlarimizga albatta zarar etkazadi.

Shunday ekan, biz turli o`simliklar: na`matakdan tortib, kiyik o`ti, makkajo`xori tuklari, romashka guli va ayniqsa tog`da o`sadigan dorivor o`simliklarni iste`mol qilishni kanda qilmasligimiz kerak. Imkon qadar kimyoviy dori vositalardan foydalanmaylik.

 Insonning hatto ichadigan suyuqliklari tarkibida ham damlamalar bo`lishi kerak.

Tabiat ne`matlaridan uzoqlashmaslik kerak. Masalan, isiriq o`simligining ham foydasi juda katta.

Bundan tashqari, oddiy yong`oqni oling, u miya to`qimalari faoliyatini yaxshilaydi. O`rik va uning turshagi yurakka darmon.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1